Back

Biz o'zimizga tegishli emasmiz

Siz bir moshina egasiz, yangi Toza moshinangizni 1 kunga tanishingizga berib turdiz, ertasi kuni sizga qirilgan va kir moshinani olib kelib berdi, ha siz kecha bergan moshinangizni. Tabiiyki jahlingiz chiqib u moshina qabul qilmaysiz, qanday bergan bo‘lsam shunday qilib olib kelib ber deysiz va bu adolatdan.

Endi biz Robbimiz oldiga, chirigan O‘pka, Tatuirovka urilgan terimiz, nasha sabab ojiz bo‘lgan yuragimiz bilan borsak bu adolatdan bo‘ladimi, yoq bu omonatga xiyonat bo‘ladi. Lekin Alloh bizga u kunda bizga, borib qanday bo‘lgan bo‘lsa shunday qilib qaytib kel demaydi, desayam qila olmaymiz.

Shunday ekan Omonatni asraylik!

#ichimdagigaplar

May 18, 2024
South Korea