Back

Insonlarga hayronsan...

Insonlarga hayronsan, tanasini chiroyli qilish uchun zalga chiqishadi, va unga ba’zan yillar ketishi mumkin natija olish uchun, bir kun yelkaga, keyingi kun qo‘l orqasiga va shu holatda butin tana mushaklariga mashq qilishadi, ammo diniga kelganda unday emas.
Namoz farzlari, namozni to‘g‘ri o‘qish, Tahorat farzlari, suv bo‘lmasa tayammum, tayammumni to‘g‘ri qilish. Qiroatida kamchilik bo‘lsa uni to‘g‘rilashga, o‘rganishga harakat qilishmaydi. Namoz mukammal emas, tahorat to‘g‘ri qilinmagan, qiroatida esa katta kamchilik.
Agar inson o‘z tana mushaklariga qilgan e’tiborni diniga qilganda edi…
To‘g‘ri kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan afzal. Lekin biz faqat KUCHLI degan so‘zga ko‘p e’tibor berib yubormadikmikan MO‘MIN so‘zi qolib.

March 4, 2024
South Korea